Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Rasman! Endi Eronni AQShga mutlaqo dushman bo‘lgan inson boshqaradi

Rasman! Endi Eronni AQShga mutlaqo dushman bo‘lgan inson boshqaradi

Ilgari mamlakat Oliy sudining raisi sifatida ishlagan Ibrohim Raisi Eron Islom Respublikasida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqdi. Saylovlar bo‘yicha shtab ma’lumotlariga ko‘ra, Raisi 17,8 million ovoz olgan. Jami 28,6 million saylovchi ovoz berdi.

Eronda 13-prezidentlik saylovi shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 02.00 da (Toshkent vaqti bilan 02.30) yakunlandi. Ovoz berish muddati uzaytirildi, chunki barcha saylovchilar belgilangan vaqt ichida o‘z ovozlarini berishga ulgurishmadi.

Raisini allaqachon barcha raqiblari tabriklashgan, ammo ovozlarni hisoblashning yakuniy natijasi faqat kechqurun e’lon qilinadi. Ular saylangan Prezidentga omad tiladi. Ishdan ketayotgan prezident Hasan Ruhoniy ham "saylangan nomzod"ga tabrik so‘zlari bilan murojaat qildi.

60 yoshli Raisi AQSh sanksiyalariga uchragan; u Eron sud tizimi rahbari lavozimini 2019 yildan beri egallab kelgan, bundan oldin u mamlakatning bosh prokurori bo‘lgan. Saylovoldi tashviqoti paytida u qashshoqlik va korrupsiyaga qarshi kurashishga, to‘rt yil ichida to‘rt million yangi uy qurishga va "kuchli Eron uchun xalq hukumati"ni yaratishga va’da berdi.

Kiritildi: 12:51 19.06.2021. O'qildi: 7078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!