Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rasman! Abituriyentlar joriy yilda 2 ta fandan test topshiradi

Rasman! Abituriyentlar joriy yilda 2 ta fandan test topshiradi

Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan bo‘ladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilda istisno ravishda 3ta majburiy fanlardan (ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika) test bo‘lmaydi.

Faqat 2ta mutaxassislik fanidan test olinadi. Shunda ballar quyidagicha belgilanadi:

1-blok - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.

2-blok - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Joriy yil test sinovlarida xuddi o‘tgan yilgidek maksimal 189 ball to‘plash mumkin.

Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Kiritildi: 13:23 04.06.2020. O'qildi: 4392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!