Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rani Mukerjining omadsiz sevgi tarixi...

Rani Mukerjining omadsiz sevgi tarixi...

Rani Mukerji YRF egasi Aditya Chopra bilan turmush qurgandan keyin o‘zining haqiqiy baxtini topa oldi. Ularning to‘yi Italiyada yashirin tarzda ixchamgina qilib o‘tkazilgan. Albatta, Rani Mukerji o‘zgacha bir iste’dod sohibasi bo‘lgani uchun uning shaxsiy hayotiga ko‘pgina muxlislari qiziqish bildiradi. Turmush o‘rtog‘i Aditya bilan turmushlari baxtiyor bo‘lsada, uning o‘tmishida bir qancha sevgi iztiroblari bilan bog‘liq mish-mishlar bo‘lib o‘tgan.

Aktrisaning Amir Xon bilan ham ishqiy munosabatda bo‘lgani haqida taxminlar yuradi. Bunga javoban Rani "Kechqurungi soat uchda ham yordamga chaqira oladigan insonim bu - Amir Xon edi va men uni do‘st sifatida qadrlayman" -deya izoh bergan.

Yana bir ko‘p tarqalgan mish-mishlardan biri bu- Rani Mukerji va Abxishek Bachchan ishqiy munosabatlaridir. Ularning o‘rtasidagi aloqalar birgalikda o‘ynagan rollaridan keyin yuzaga kelgan.
Aytishlariga qaraganda, Jaya Bachchanning o‘zi ham Ranini kelin qilishni juda xohlagan, biroq bu borada dunyo go‘zali Ayshvariya Rayning omadi kelgan. Ayshvariya va Abxisheklarning to‘yidan so‘ng yuqoridagi ishqiy sarguzashtlar yakun topgan.

Kiritildi: 06:40 12.11.2019. O'qildi: 3369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!