Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ramzon Qodirovga Shavkat Mirziyoyevning sovg‘asi topshirildi

Ramzon Qodirovga Shavkat Mirziyoyevning sovg‘asi topshirildi

Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzon Qodirov Grozniy shahrida O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Rustam Qosimov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Delegasiya Chechenistonga Yevropadagi eng katta masjidning ochilish marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.

Ramzon Qodirov ikki respublika xalqlarini mustahkam do‘stlik rishtalari bog‘lab turishini hamda Checheniston o‘zaro munosabatlar yanada mustahkamlanishi va kengayishidan manfaatdor ekanligini qayd etdi.

«Biz O‘zbekistonga chuqur ehtirom bilan yondashamiz. Bu respublika Islom dini bilan bog‘liq boy tarixga ega. U musulmon ummasiga ko‘plab atoqli olim va din arboblarini tuhfa etgan, dinimiz tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Bizning birinchi prezidentimiz, Rossiya qahramoni Ahmad-Hoji Qodirov islomiy fanlarni O‘zbekistonda o‘rgangan. Rustam Qosimov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik so‘zlarini yetkazdi. U Chechenistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlardan hayratda ekanligini bildirdi. Uchrashuv davomida Rustam Qosimov menga juda nodir sovg‘a – Toshkentdagi Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanayotgan qadimiy Qur’on qo‘lyozmasining nusxasini taqdim etdi. Aziz mehmonimizga minnatdorlik bildirdim. Qardosh O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlanishi va gullab-yashnashini tiladim», - dedi Qodirov.

Kiritildi: 19:50 25.08.2019. O'qildi: 2433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!