Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ramzan Qodirovning nega rahbarlikdan ketgani ma’lum qilindi

Ramzan Qodirovning nega rahbarlikdan ketgani ma’lum qilindi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov davolanmoqda. Bu haqda uning matbuot kotibi Alvi Karimov RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.

Avvalroq Checheniston rahbari va hukumatining saytida Ramzan Qodirovning “vaqtincha ishga layoqatsizligi” davrida bosh vazir Muslim Xuchiyevni  respublika rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlanishi to‘g‘risidagi farmoyishi joylashtirilgan edi.

“Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov tibbiy muolajalarni talab qiladigan davolanish kursini olmoqda”, - deya tushuntirgan Karimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Checheniston respublikasi Konstitusiyasida vaqtincha ishga layoqatsizlik yoki ta’til paytida rahbar vazifasi hukumat raisiga yuklatilishi ko‘zda tutilgan”.

"Bu odatiy amaliyot ... va u barcha sub’ektlarda qo‘llaniladi", dedi Karimov. U avval ham Qodirovning ta’tillari paytida vakolatlar bir necha bor Muslim Xuchiyev va undan oldin ishlaganga berilganini eslatib o‘tdi.

 

Kiritildi: 11:42 16.01.2020. O'qildi: 7553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!