Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ramzan Qodirov siyosiy raqibini o‘ldirish uchun Avstriyaga killer yubordimi?

Ramzan Qodirov siyosiy raqibini o‘ldirish uchun Avstriyaga killer yubordimi?

Avstriya huquq-tartibot idoralari Chechenistondan kelgan muhojirlarni Gerasdorfda rossiyalik fuqaroni o‘ldirishda ayblamoqda. Bu haqda 5 iyul, yakshanba kuni mahalliy OYE24 nashri o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Xavfsizlik xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, qotillik odat tusiga kirgan. Bundan tashqari, ilgari rossiyalik Avstriya polisiyasi tomonidan himoya qilingan. Shuningdek, marhum Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning siyosiy raqibi bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

Hozirda Avstriyaning Terrorizmga qarshi davlat direksiyasi qotillik tergovida ishtirok etmoqda. Marhum va gumonlanuvchilarning shaxslari hozircha oshkor etilmagan.

Avvalroq, 4 iyul, shanba kuni Avstriyaning Gerasdorf shahrida Rossiyadan boshpana izlayotgan shaxs otib o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Qotillikda gumon qilingan shaxs hibsga olingan. U hibsga olishga qarshilik ko‘rsatmagan.

Kiritildi: 14:21 05.07.2020. O'qildi: 3868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!