Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Telegram kanalida tanlov e’lon qildi. Tanlov shartiga ko‘ra, Rossiyaning yangi namunadagi 500 rubllik kupyurasida “Grozniy-Siti”ga ovoz berganlar orasidan tanlab olingan 10 kishiga iPhone 17 beriladi.
"Bugun Grozniy shahri va Chechenistonni sevadigan har bir kishining yordami juda zarur. Tanlovda ishtirok etish uchun “Grozniy-Siti”ga ovoz berish va ijtimoiy tarmoqlarda skrinshotlarni joylashtirish kerak", — deb yozdi Qodirov.
Hozirda Rossiya aholisi mamlakatning yangi namunadagi 500 rubllik kupyurasi dizayni uchun ovoz bermoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, unda “Grozniy-Siti” va Elbrus tog‘i yetakchilik qilmoqda. Ularning har biri uchun milliondan ortiq ovoz berilgan.