Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Ralf Rangnik "Manchester Yunayted"ning yangi murabbiyi

Ralf Rangnik "Manchester Yunayted"ning yangi murabbiyi

Moskvaning "Lokomotiv" klubida faoliyat olib borayotgan Ralf Rangnik "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishdi.

Germaniyada "cho‘qintirgan ota" laqabini olgan 63 yoshli mutaxassis MYu boshqaruviga keladi. Kelishuvga asosan u may so‘ngigacha menejerlik qiladi.

Keyinchalik yana 2 yillik maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.

Rangnik Germaniya klublaridagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish. Ayniqsa, u "Leypsig"ni Bundesligaga olib chiqqani ortidan mashhurlikka erishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uning mehnat vizasi rasmiylashtirilmagani tufayli yakshanba kuni "Chelsi"ga qarshi o‘yinda jamoaga yordam berolmaydi.

Kiritildi: 22:10 25.11.2021. O'qildi: 4238 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!