Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rahbar zararni to‘lashga majbur bo‘ldi

Rahbar zararni to‘lashga majbur bo‘ldi

Majburiy ijro byurosi Furqat tumani bo‘limi xodimlari tomonidan 2019 yil 28 avgust kuni Furqat tumani “Ingichka” MFY, Obodon qishlog‘idagi ohak sexida o‘tkazilgan tekshirishda, korxona rahbari K.F. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli qarorning 2-ilovasi «Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari»ning 125-bandi talablariga zid ravishda  mavjud STG-80-250-rusumli, zavod raqami №04582/02487 bo‘lgan gaz hisoblagichga “shpris ignasi” orqali tashqi tasir ko‘rsatib, hisoblagich ko‘rsatgichlarini to‘xtatib, umumiy foydalanishdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanayotganligi oqibatida davlat manfaatlariga jami 23.193.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi  aniqlangan. 
Surishtiruv davomida fuqaro K.F. tomonidan belgilangan o‘ttiz kunlik muddatda tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish oqibatida davlat manfaatlariga yetkazilgan jami 23.193.000 so‘m miqdoridagi moddiy zararni to‘lashga majbur bo‘ldi.

Kiritildi: 10:05 13.11.2019. O'qildi: 1577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!