Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

«Qo‘shnimga bering, u mendan ko‘ra kambag‘alroq...»

«Qo‘shnimga bering, u mendan ko‘ra kambag‘alroq...»

Shonli tariximizni varaqlar ekan, Islom bilan yo‘g‘rilgan hayotda yashagan, Islom tarbiyasi bilan sug‘orilgan jamiyatda unib-o‘sgan namunalarni ko‘rib, kishining ko‘ngli beixtiyor shunday jamiyat uchun talpinadi, oliy axloqlar bilan bezangan kishilar orasida yurgisi keladi, yashayotgan muhiti ham shu kabi oliyjanob insonlarga to‘la bo‘lishini orzu qiladi.

Alloma Ibn Javziy rahimahulloh "Sifatus safva" kitobida keltirgan ushbu voqea ham o‘sha namunalardan biridir :

"Muslim ibn Sa’dning jiyani Abdulloh hikoya qiladi:

Bag‘doddan hajga otlandim. Tog‘am qo‘limga o‘n ming dirham berib, dedi:

- Madinaga borgach, u yerdagi eng kambag‘al xonadonni top va shu mablag‘ni ularga ber.

Madinaga kirgach, eng kambag‘al xonadonni so‘rab-surishtirdim. Nihoyat, bir oilaga dalolat etildim. Borib eshikni taqillatdim. Bir ayol javob berdi:

- Kimsiz?

- Men Bag‘dod ahlidan bir kishiman, - dedim. - Menga o‘n ming dirham topshirib, Madinadagi eng kambag‘al xonadonga bering, deb aytishgan. Sizlarni vasf etishdi. Buni olinglar.

- Ey Ollohning bandasi, - dedi ayol. - Pul egalari eng kambag‘al degan shartni qo‘yishibdi. Ro‘paramizdagi xonadon bizdan ham ko‘ra kambag‘alroq.

Ularni qo‘yib, qarshidagi xonadonga yurdim. Borib eshikni taqillatdim.  U yerdan ham bir ayol sasi keldi:

- Kim?

Men yuqorida avvalgi xonadonga aytgan gapimni takrorladim. Shunda bu ayol:

- Ey Ollohning bandasi, biz va anavi ro‘paradagi qo‘shnimiz kambag‘allikda tengmiz. Yarmini bizga, yarmini ularga bering, - dedi"...

Manba: azon. uz

Kiritildi: 21:18 22.10.2019. O'qildi: 1872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!