Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘shnilarning ichkilikbozlik bilan o‘tgan o‘tirishi pichoqbozlik bilan tugadi

Qo‘shnilarning ichkilikbozlik bilan o‘tgan o‘tirishi pichoqbozlik bilan tugadi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko‘ra, shu yilning 18 yanvar kuni taxminan soat 22.30larda 57 yoshli B.M. Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani Kushek mahallasida yashovchi mahalladoshining uyida qo‘shnisi 36 yoshli G.A. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan vaqtlarida o‘zaro janjallashib qolib, B.M. stol ustidagi oshxona pichog‘i bilan G.A.ning qorin sohasiga bir marta sanchib tan jarohati yetkazgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, G.A. “og‘ir” tan jarohati olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va unga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:31 23.01.2020. O'qildi: 1784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!