Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qo‘shnilar o‘zaro bir-birini haqorat qilishi og‘ir oqibatlarga olib keldi

Qo‘shnilar o‘zaro bir-birini haqorat qilishi og‘ir oqibatlarga olib keldi

Qoraqalpog‘iston. 2020 yilning 25 fevral kuni taxminan soat 11:00 larda Beruniy tumanidagi “Tinchlik” ovulida 28 yoshli G.B. va uning qaynonasi 56 yoshli G.SH. qo‘shnisi 36 yoshli X.D. bilan o‘zaro bir-birlarini haqorat qilib janjallashib, janjal vaqtida, X.D.ning eri 39 yoshli I.S. xotinini yonini olish maqsadida, qo‘shnisi G.B.ning bosh qismiga ketmon bilan urib unga tan jarohati yetkazgan, natijada G.B. shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 17:21 27.02.2020. O'qildi: 2981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!