Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘shni ayolni qo‘rqitib, zo‘ravonlik qilgan erkak qidirilmoqda

Qo‘shni ayolni qo‘rqitib, zo‘ravonlik qilgan erkak qidirilmoqda

2019 yil 14 iyul kuni soat 01:20larda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida yashovchi 30 yoshli Kobeysin Yesemuratov qo‘shnisi 42 yoshli E.D. ismli ayolning uyi hovlisida uni qo‘rqitib, o‘tkir tig‘li jism bilan jarohatlab, 1 juft bijuteriya ziraklari, hisobida puli bo‘lmagan bank plastik kartochkasi va “Samsung”  rusumli mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringan. Natijada E.D.  kasalxonaga yotqizilib, K.Esemuratovni ushlash choralari ko‘rilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi yozmoqda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib bormoqda.

 

Kiritildi: 12:22 15.07.2019. O'qildi: 2515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!