Bugun 12 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qo‘qondagi maktab direktori o‘rinbosari ish vaqtida vafot etdi

Qo‘qondagi maktab direktori o‘rinbosari ish vaqtida vafot etdi

Bu haqda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida xizmat qilayotgan xodima G.U. ning sog‘lig‘iga doir tarqalgan xabarlar yuzasidan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

G.U. 2023 yil 19 sentyabr kunidan buyon 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Joriy yilning 8 oktyabr kuni xodima o‘z vaqtida ishga kelgan va muassasada o‘z xizmat vazifalarini bajargan.

Tushdan so‘ng u hamkasblariga sog‘lig‘idan shikoyat qilib, tobi qochayotganligini bildirgan va maktab hovlisiga toza havo olish uchun chiqqan vaqtida to‘satdan hushidan ketgan.

Bu holatdan xabar topgan maktab rahbari topshirig‘iga ko‘ra zudlik bilan “Tez yordam” xizmatiga murojaat qilingan. Rahbar shu zahoti xodimaning turmush o‘rtog‘ini ham hodisadan ogohlantirgan.

Qisqa fursatda G.U.ning turmush o‘rtog‘i va “Tez yordam” mashinasi bir paytda yetib kelgan va xodima shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, bemorga insult tashxisi qo‘yilgan.

Bemor holidan maktab rahbariyati va jamoasi muntazam xabar olib turgan. Jamoa hamda kasaba uyushmasi tomonidan imkon darajasida moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Afsuski, bemor kasalligini yenga olmadi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Kiritildi: Bugun 06:30. O'qildi: 953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!