Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Qo‘qon biokimyo” zavodi xususiylashtirildi

“Qo‘qon biokimyo” zavodi xususiylashtirildi

Qo‘qon biokimyo zavodi xususiylashtirildi. Xususiylashtirish dasturi doirasida “Qo‘qon biokimyo” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi davlat ulushining 99,7 foizi 277,0 milliard so‘mga sotildi. Xaridor “First Premium Alliance” MCHJ bo‘ldi, deya xabar beradi Davlat aktivlari agentligi.

Bitim yakunlangandan so‘ng, xaridor spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda raqamli markalashni joriy etish majburiyatini oladi.

“Qo‘qon biokimyo” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqaradigan asosiy mahsulot turi oziq-ovqat etil spirtidir. “First Premium Alliance” MCHJ - alkogolli mahsulotlar ulgurji va chakana savdosiga ixtisoslashgan O‘zbekiston kompaniyasi

Kiritildi: 20:59 05.02.2023. O'qildi: 2852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!