Daryo o‘zanlaridan qum-shag‘al qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi. Bu haqda 2024 yil 12 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash, hech bir sababsiz daryo o‘zanlaridagi qum-shag‘alni qazib olayotganlarni aniqlash, daryo o‘zanlarini muhofaza qilish maqsadida Sirdaryo viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Boyovut tumani va Shirin shahar bo‘limlari xodimlari tomonidan tungi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reydda "Ozodlik" MFY hududida daryo muhofaza maydonidan qum ortib ketayotgan 3 ta avtotransport vositasi ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi. Yana bir shunga o‘xshash holat Guliston tumani hududida sodir bo‘ldi. Sirdaryo viloyati yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga qarashli bo‘lgan texnika yordamida "Sirdaryo" daryosi muhofaza maydonidan qum ortish bilan shug‘ullanayotganlik holati aniqlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularga nisbatan jarima qo‘llanildi.