Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Quloq nega shang‘illaydi?

Quloq nega shang‘illaydi?

–Quloq yo‘lidagi "Evstaxiy nayi" deb ataluvchi eshituv nayining surunkali yallig‘lanishi natijasida eshituv yo‘liga havo o‘tmaydi. Uning yopilishi sababli ichkarida – o‘rta quloqda o‘zgarish paydo bo‘ladi. Vaqtida davolanmaganda nog‘ora parda ichkariga nog‘ora bo‘shlig‘iga qarab tortiladi va yaxshi harakatlanmaydi. Natijada eshitish qobiliyati pasayadi va bemor qulog‘ida shang‘illash his qiladi, shuningdek gapirgan gapi o‘ziga boshqacha eshitiladi. 

Bu holatni davolash yo‘llari shuki, Yevstaxiy nayini ochish maqsadida burun yo‘llari orqali havo yuboriladi. Shu tariqa quloq yo‘lidagi yopishish va boshqa to‘siqlar ochiladi. Agar havo yuborish yordam bermasa, dori-darmon va fermentlar yuboriladi. Shu usulda quloq yo‘lidagi yallig‘lanishlar so‘rilib ketadi. Davolanishdan keyin quloq shang‘illashi yo‘qoladi. Shu bilan birga, quloqda shovqin eshitilsa, burun-halqum yo‘llaridagi muammolarni ham aniqlab, bartaraf qilish kerak.

Kiritildi: 07:45 16.11.2019. O'qildi: 6416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!