Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qo‘lga olingan shaxslar himoyasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi

Qo‘lga olingan shaxslar himoyasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi

Endilikda qidiruvdagi yoki jinoyat sodir etgan shaxs ushlanganda o‘sha joyning o‘zidayoq, uning yaqin qarindoshi yoki oila a’zolariga ma’lum qilinadi. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi matbuot kotibi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat rahbarining 2019 yil 13 dekabrdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Bosh prokuraturasi tomonidan inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yangi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Loyihaga ko‘ra, bundan buyon prosessual harakatlarni amalga oshirishda videoyozuvdan foydalanilishi majburiydir.

Ya’ni gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining advokatdan voz kechish jarayoni, shaxsni ushlash hamda shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish harakatlari videoyozuv guvohligida amalga oshiriladi.

So‘ngra ushbu jarayonlarning videoyozuv orqali amalga oshirilganligi haqida  tegishli bayonnomaga qayd etilib, unga videoyozuv materiallari ilova qilinadi.

Shaxsni ushlash jarayonida videoyozuvni qo‘llash imkonini bermaydigan yoki kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina videoyozuv qo‘llanilmaydi.

Ammo ushbu sharoitda ham qo‘lga olingan shaxs davlat organi binosiga olib kelingach, uning huquqlari haqida tushuntirish jarayoni videotasvirga olinadi.

Ushbu loyihaning yana bir muhim jihati shuki, endilikda qidiruvdagi yoki jinoyat sodir etgan shaxs ushlanganda bu haqda o‘sha joyning o‘zidayoq, uning yaqin qarindoshi yoki oila a’zolariga ma’lum qilinadi.

Ayni damda ushbu loyiha muhokama portaliga joylashtirilgan.

Kiritildi: 05:00 24.01.2020. O'qildi: 1190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!