Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda shar’iy talablarga javob beruvchi to‘lov kartochkasi chiqarildi

Qozog‘istonda shar’iy talablarga javob beruvchi to‘lov kartochkasi chiqarildi

Qozog‘istonning Al Saqr Finance kompaniyasi shariat talablariga to‘liq javob beruvchi to‘lov kartochkasini chiqarish tiklanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kompaniya avvalroq hamkorlik qilgan bank tugatilgan va shu munosabat bilan boshqa bank bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

To‘lov kartochkasiga kompaniyaning rasmiy sayti orqali buyurtma berish mumkin va u Qozog‘iston shaharlari bo‘ylab bepul yetkazib beriladi.

Al Saqr Finance o‘z faoliyatini 2000 yilda lizing kompaniyasi sifatida boshlagan bo‘lib, 2016 yilda keng islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyaga aylangan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:47 19.02.2019. O'qildi: 1406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!