Qozog‘istonda Olmaota viloyatidagi Bereg poligonida «Buzilmas birodarlik – 2024» tinchlikparvar mashqlari boshlandi.
Bu haqda TASS yozmoqda.
Qayd etilishicha, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston harbiy kontingentlari ishtirok etayotgan mashg‘ulotlarda KXSHT Kollektiv tinchlikparvar kuchlari tomonidan tinchlikparvar operasiyani tayyorlash va o‘tkazish masalalari ishlab chiqiladi.
Jami 2 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, 500 ta zirhli va avtomobil texnikasi, Mi-17, Mi-35 vertolyotlari, Il-76 va Si-295 samolyotlari, uchuvchisiz samolyotlar jalb qilingan.