Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘istonda kuydirgi kasalligi paydo bo‘ldi

Qozog‘istonda kuydirgi kasalligi paydo bo‘ldi

Qozog‘iston janubidagi Jambil viloyatida to‘rt kishi kuydirgi infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda KTKga asoslanib Qalampir nashri xabar bermoqda.

Ekspertlar kasallarning tanasidagi xarakterli toshmalarga qarab, ular chorva mollarini so‘yishda yoki hayvonlarni davolashda ishtirok etgan degan qarorga kelishdi. 

“Shakpak qishlog‘idagi cho‘ponlar bitta  dehqon xo‘jalikda ishlaydi. Ulardan shikoyatlar kelib tushdi”,  deydi viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasi shifokori Gulfayra Mirzabekova.

Shifokorga ko‘ra, davolash kamida 20 kun davom etadi. Yana 44 kishi, shu jumladan kasallarning qarindoshlari, hamkasblari va tuman veterinarlari bir hafta davomida shifokorlar tomonidan kuzatiladi. 

Biroq viloyat rasmiylari odamlarning chorva mollaridan kuydirgi kasalligini yuqtirganini tasdiqlamadi va shu bois qishloqda karantin joriy qilmoqchi emas.

“Tekshiruv hayvonlarda kuydirgi kasalligi borligini rad etdi. Hayvonlar yuqumli bo‘lmagan kasalliklar natijasida nobud bo‘lgan”, deydi Jambil viloyati hokimligi veterinariya bo‘limi boshlig‘i Kanatbek Kartabayev.

Kiritildi: 11:20 17.09.2019. O'qildi: 2948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!