Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘istonda chegaradagi qaroqchi jinoiy guruh ushlandi

Qozog‘istonda chegaradagi qaroqchi jinoiy guruh ushlandi

Qozog‘istonda Sariag‘ash shahridagi “Qoplonbek” chegara punktida haydovchilardan tamagirlik bilan pul olish bilan shug‘ullanib kelgan o‘n uch kishi qo‘lga olindi.

Polisia.kz. nashri xabarigako‘ra, qo‘lga olinganlarning barchasi mahalliy “Sariag‘ashliklar” uyushgan jinoiy guruhining a’zosi bo‘lishgan.

Ta’kidlanishicha, jinoyatchilar uzoq vaqt davomida MDH yuk tashuvchi haydovchilaridan post orqali o‘tish uchun 15 mingdan 50 ming tengegacha (40-132 dollar)  pul talab qilishgan.

Jinoiy guruh a’zolari bosh tortgan haydovchilarga tahdid qilishgan, kezi kelganda kaltaklashgan. Bundan tashqari, yuk mashinalarning oynalarini sindirib, g‘ildiraklarini teshishgan.

“Jami 13 nafar gumon qilinuvchi qo‘lga olindi. Ularning hammasi Turkiston viloyati aholisidir”, - deyilgan xabarda.

Hozirda Qozog‘iston JKning 194-moddasi “Tamagirlik” bilan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Gumon qilinuvchilar hibsga olingan. Ashyoviy dalil sifatida qurol, pichoq va pullar musodara qilingan.

Kiritildi: 13:42 25.02.2020. O'qildi: 3151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!