Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda 42 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin

Qozog‘istonda 42 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin

Qozog‘istonning to‘rtta viloyatida kuchli sovuqlar sababli bo‘ron haqida ogohlantirish e’lon qilindi, deb xabar berilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida 25 dekabr kuni havo harorati keskin pasayib, 20-25 daraja sovuq, 26 dekabr kechasi minus 25-30 darajagacha, joylarda 33 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Pavlodar viloyatida 26 dekabr kuni havo harorati 30-35 daraja sovuq, viloyat shimolida minus 38 daraja sovuq, 27 dekabr kuni kechasi 32-37 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda qattiq sovuq - minus 40 darajaga tushadi.

Qutqaruvchilarning eslatishicha, qattiq sovuqlar yong‘inlar sonining ko‘payishiga, kommunal avariyalarga va transport vositalarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, muzlab qolish bilan bog‘liq o‘lim holatlari ham sodir bo‘lishi mumkin.

Shu bois Favqulodda vaziyatlar vazirligi bunday ob-havo sharoitida kattalar va bolalarga zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikni qat’iy tavsiya qilmoqda.

Kiritildi: 16:15 29.11.2022. O'qildi: 4390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!