Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston o‘simlik yog‘i eksportini chekladi

Qozog‘iston o‘simlik yog‘i eksportini chekladi

Qozog‘iston Respublikasi hududidan kungaboqar yog‘ini olib chiqishga cheklovlar joriy etildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz mamlakat Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirining 2022 yil 17 iyundagi «Qozog‘iston hududidan ayrim tovarlarni olib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi buyrug‘i bilan mamlakatdan kungaboqar yog‘ini eksport qilish bo‘yicha kvotalar joriy etilgan. U 2022 yil 18 iyundan 31 avgustgacha amal qiladi.

Narxlarni barqarorlashtirish va tashqi bozorlarda talab ortib borayotganligi sababli bozorda tanqislikning oldini olish maqsadida kungaboqar yog‘i eksportiga miqdoriy cheklovlar joriy etildi», — deyiladi qo‘mita xabarida.

Qarorga muvofiq, kungaboqar yog‘ini Qozog‘iston hududidan eksport qilish mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligining agrosanoat kompleksida davlat nazorati qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan berilgan fitosanitariya sertifikati mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.

Ilgari kungaboqar yog‘i eksportiga kiritilgan cheklovlar 2021 yil 15 dekabrdan 2022 yil 1 iyungacha amalda edi.

Kiritildi: 23:27 18.06.2022. O'qildi: 5046 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!