Bugun 29 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘iston parlamenti xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishni taklif qildi

Qozog‘iston parlamenti xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishni taklif qildi

Qozog‘iston parlamenti xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishni taklif qildi. Bu tashabbus bilan Senat deputati Bibigul Jeksenbay chiqdi.

Deputat keltirgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda qonunlarni buzgan chet el fuqarolari soni sezilarli darajada oshgan.

“Birgina joriy yilning o‘zida 82 mingdan ortiq muhojir ma’muriy javobgarlikka tortildi, qariyb 1,2 ming ish beruvchi chet el mehnatidan noqonuniy foydalangan. Soxta hujjatlardan foydalanish va migrantlarning «rezina» kvartiralarda ro‘yxatga olinishi alohida tashvish uyg‘otadi”, — dedi u.

Senatorning fikricha, Qozog‘iston chet el fuqarolarining harakatlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishi, mehnat muhojirlarini qonuniylashtirish tizimini ishlab chiqish va noqonuniy migrasiya va mehnat resurslaridan foydalanishni tashkil qilganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirishi kerak.

📊Joriy yilning may oyi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonga ishlash uchun eng ko‘p xorijliklar Xitoydan kelgan bo‘lsa, O‘zbekiston, Hindiston va Turkiya.

Kiritildi: Bugun 08:41. O'qildi: 201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!