Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘iston haftalik o‘lim holatlari haqidagi ma’lumotni ochiqladi

Qozog‘iston haftalik o‘lim holatlari haqidagi ma’lumotni ochiqladi

Qozog‘istonda 30 iyundan 6 iyulgacha koronavirus tufayli 76 ta o‘lim holati qayd etildi, umumiy COVID-19 qurbonlari soni 264 nafarga yetdi, deya xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vazirligi.

29 iyun holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi tufayli 188 ta o‘lim qayd etilgandi. O‘shanda sog‘liqni vaqlash vazirligi rahbariyati COVID-19 tufayli o‘lim holatlari haqidagi xabarlarni har hafta chop etishini ma’lum qilgandi.

«Qozog‘istonda 2020 yil 30 iyundan 6 iyulgacha koronavirus infeksiyasi tufayli 76 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Respublika bo‘yicha jami 264 ta o‘lim holati qayd etildi», — deyiladi sog‘liqni vaqlash vazirligi xabarida.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 11,3 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan bo‘lsa, ulardan 532 ming nafari hayotdan ko‘z yumdi.

Qozog‘istonda 49 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ulardan 16,1 ming nafari tuzaldi.

Kiritildi: 09:12 07.07.2020. O'qildi: 3483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!