Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qorinda yog‘ yig‘ilishiga sabab bo‘ladigan 7 odat

Qorinda yog‘ yig‘ilishiga sabab bo‘ladigan 7 odat

Qorinda yig‘ilgan yog‘lar organizm uchun zararli hisoblanadi. Chunki u ichki organlarni qoplab, yurak-qon tomir, qandli diabet va boshqa kasalliklar xavfini sezilarli darajada oshiradi. Afsuski, ba’zi odatlar qorinni rivojlanish ehtimolini keskin oshirishi, shuningdek, undan xalos bo‘lishga urinish yo‘lini to‘sishi mumkin.

Internet uchun juda ko‘p vaqt sarflamang

Instagram yoki Facebook’da do‘stlaringiz ko‘pmi? Ularning hayotini tomosha qilish uchun qancha ko‘p vaqt sarflansa, kilogrammning oshish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Mukammal qomat ega modellar yoki o‘rtacha vaznga ega odamlarning suratini ko‘rib chiqish hech narsani o‘zgartirmaydi. Birinchi navbatda, ovqatlanish tartibi buzilishining oldini olish kerak, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi va fitness bilan shug‘ullanish lozim.

Ko‘p sharbat iste’mol qilmang

Afsuski, mutaxassislar sharbatlarni, shu jumladan, yangi tayyorlanganlarini ham xavfsiz deb hisoblamaydi. Sharbat va smuzilarni muntazam ravishda qabul qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi va ichki organlarda yog‘ to‘planishiga yordam beradi. Olma yoki boshqa meva iste’mol qilinganda, fruktoza bilan birga kletchatkaga ham ega bo‘lish mumkin. Bu esa shakarning qonga tushish tezligini va uning miqdorini tartibga soladi. Ammo sharbat yoki smuzilar faqat qand miqdorini oshirishi mumkin.

Vaqti-vaqti bilan sport bilan shug‘ullaning

Chekish va spirtli ichimlar ichish sog‘liq uchun zararli bo‘lib, uning ta’siri ikki hafta ichida boshlanadi. Haftada kamida 150 daqiqa aerobik mashqlar kamida belni ortiqcha yog‘dan, yurakni esa xavfli kasalliklardan himoya qiladi.

Sut mahsulotlari iste’molini ko‘paytiring

Qorin bo‘shlig‘ida yog‘ hosil bo‘lishining yana bir sababi ichaklarning yetarli darajada ishlamasligidir. Ko‘pincha bu oshqozonni betartib ishlashi va modda almashinuviga yordam beradigan foydali bakteriyalar yetishmasligidan kelib chiqadi. Yetarli miqdordagi yaxshi bakteriyalarni olishning eng oson usuli bu sut mahsulotlarini muntazam iste’mol qilishdir.

Rasionga rioya qiling

Vaqtida ovqatlanmaslik hamda ortiqcha ovqatlanish – ertami, kechmi qorinda ortiqcha yog‘ paydo bo‘lishi muammosiga olib keladi. Bunday vaziyatda organizm stressni boshdan kechiradi va sarflash emas, balki energiya to‘plashni afzal ko‘radi. Ikkinchidan, tartibsiz ovqatlanish zararli hisoblanadi.

Qovurilgan taomlar iste’mol qilmang

Qovurilgan yoki yog‘li taomlar semirib ketishning eng ko‘p tarqalgan sababidir. Qovurilgan kartoshkalarni tayyorlashda deyarli bir zumda so‘rilib, qonga tushadigan transyog‘lar ishlatiladi. Agar qovurilgan yeguliklarsiz yashashning imkoni bo‘lmasa, ularni ko‘proq sabzavot bilan iste’mol qilish kerak. Ularning tarkibidagi kletchatkalar oshqozon va modda almashinuvining yaxshilanishiga yordam beradi.

Sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling

Qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lish uchun ovqatlanishni yangi yoki bug‘da pishirilgan sabzavotlardan boshlash kerak. Kletchatka ovqat hazm qilishni va qonda shakar miqdorini nazorat qiladi. Ikkinchidan, sabzavotlar oshqozonni to‘ldiradi, natijada ovqat kamroq iste’mol qilinadi. Shuningdek, ular salomatlik uchun eng foydali mahsulotdir.

Kiritildi: 09:22 22.02.2021. O'qildi: 3775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!