Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonning 3 ta tumanidagi abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha qabul qilinadi

Qoraqalpog‘istonning 3 ta tumanidagi abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha qabul qilinadi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qorao‘zak tumanlarida doimiy yashaydigan va 2020/21 o‘quv yili test sinovlaridan o‘tolmagan abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha qabul qilinadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Eng kamida 56,7 ball to‘plagan abituriyentgina Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTMlarga qo‘shimcha kvota asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Qo‘shimcha kvotalar tibbiyot yo‘nalishiga ajratilmagan. Boshqa yo‘nalishga hujjat topshirgan abituriyentlar o‘qishga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinadi.

Abituriyentlar o‘qishni tugatgandan keyin Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qorao‘zak tumanlarida kamida 5 yil ishlab berishi kerak.

Yuqoridagi talablar asosida 13 noyabrdan boshlab o‘qishga xohish bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi. Uchrashuvlar 3ta tumanda 4ta sektor rahbarlari hamda oliy o‘quv yurtlari vakillari tomonidan tashkil etiladi.

Mazkur aksiya prezidentning 2 oktyabr kuni Qoraqalpog‘istonga safari davomida berilgan topshiriqning ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 07:10 13.11.2020. O'qildi: 1776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!