Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonlik erkak homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqdi

Qoraqalpog‘istonlik erkak homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqdi

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali qoshidagi akademik liseyda 2019 yilgacha bosh hisobchi bo‘lib ishlab kelgan fuqaro P.S. 2017 — 2019 yillar davomida o‘zining xizmat lavozimidan foydalanib, pullarni talon-toroj qilgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi axborot xizmati ma’lumot tarqatdi. 

Tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro P.S. 2017 yilda 5 oy davomida mehnat ta’tiliga chiqqan, direktor fondi hisobidan rag‘batlantirish pullarini olgan. Mazkur jinoiy ishning eng ajablanarli jihati shuki, 2018 yil 3 oy davomida lisey bosh hisobchisi erkak kishi bo‘lishiga qaramasdan homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqan.

Shu kabi boshqa bir qator holatlarni vaj qilib ko‘rsatib, u jami 122 million 801 ming so‘mni o‘z nomiga yozib byudjet va byudjetdan tashqari pullarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Ushbu holat yuzasidan 2020 yil 23 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:32 10.12.2020. O'qildi: 10280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!