Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonlik ayol 4-marotaba mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi va javobgarlikka tortildi (video)

Qoraqalpog‘istonlik ayol 4-marotaba mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi va javobgarlikka tortildi (video)

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida mast holda avtomobil boshqarib borayotgan  ayol ispektorlar tomonidan to‘xtatilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, u avval ham 3 marotaba mast bo‘lib mashina boshqargan. 1 farzandning onasi  bo‘lgan bu ayol 25 yoshda. U joriy yilning fevral oyida mast holda avtomashina boshqarib, avtohalokat sodir etgan.  

Oradan 5 oy o‘tib, u yana mast holda mashina boshqaradi va buning uchun eng kam ish haqining 40 baravari miqdorida jarimaga tortiladi. Bundan ham xulosa chiqarmagan ayol 3 oy o‘tib yana mast bo‘lib mashina boshqaradi. Bu safar u 3 yilgacha transport boshqarishi huquqidan mahrum etiladi va unga nisbatan  eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida jarima belgilanadi. Shunga qaramay qonunlar va jarimalarni pisand qilmaydigan bu ayol yana eski ishini davom ettirib, to‘rtinchi marotaba qo‘lga tushdi. Uning ishi Nukus shahar Ma’muriy sudida ko‘rib chiqildi.

Kiritildi: 17:53 15.12.2020. O'qildi: 3681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!