Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istondagi fojia: sevishganlar qabristonda o‘z jonlariga qasd qilishdi

Qoraqalpog‘istondagi fojia: sevishganlar qabristonda o‘z jonlariga qasd qilishdi

Barchasi fuqaro A.T. Toshkent shahrida qurilish ishlarida yurib, o‘z sevgilisining boshqa yigitga turmushga chiqqanligi to‘g‘risidagi xabarni eshitganidan boshlangan deya xabar bermoqda O‘zA.

Shundan so‘ng A.T. Qoraqalpog‘istonga qaytishga ahd qiladi. Suygan qizi bilan uchrashgach, ikkisi avval o‘zaro berilgan va’dasini, ya’ni “agar turmush qurmasalar, o‘z joniga qasd qilish” va’dasini bajarishga kelishadilar.

Ertasi kuni bu ishni amalga oshirishga kelishgan juftliklar qabristonga keldi. A.T. esa o‘zi bilan pichoq olgan bo‘lib, suiqasd oldidan yosh kelinning turmush o‘rtog‘iga telefon qilib o‘z qarorlarini bildirgan. Dastlab A.T. qizning chap ko‘krak qismi, bo‘yin va qorin sohasiga bir necha marta pichoq urdi. So‘ng o‘zini ham pichoqladi. Ammo voqea joyiga o‘z vaqtida yetib kelgan tez tibbiy yordam tufayli A.T.ning hayoti saqlab qolindi.

Ushbu holat bo‘yicha olib borilgan sud ishida A.T.ga Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 15:09 25.10.2019. O'qildi: 3221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!