Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda yarim tunda OAV bosh muharrirlarining prokuraturaga chaqirilgani tasdiqlandi

Qoraqalpog‘istonda yarim tunda OAV bosh muharrirlarining prokuraturaga chaqirilgani tasdiqlandi

Qoraqalpog‘istondagi «Makan.uz», «Kruz.uz» va «Kar24.uz» nashrlarining bosh muharrirlari «Repost.uz»ning Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, O‘zbekiston Senati raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov vafot etgani haqidagi xabarlarini qayta chop etganidan so‘ng prokuraturaga chaqirilgan edi. Ushbu holat esa keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Anashu muhokamalardan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi holat bo‘yicha bayonot berdi. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda.

“Xabaringiz bor, so‘nggi kunlarda ijtimoiy saytlar va ommaviy axborot vositalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi raisi M. Yerniyazov bilan bog‘liq noto‘g‘ri va asossiz xabarlar tarqalishi, mazkur noxolis axborotlarni tarqatgan manbani aniqlash maqsadida prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilgan o‘rganish ishlari keng muhokama qilinmoqda.

Elni nazarida bo‘lgan har qanday kishi bilan bog‘liq ma’lumotlar keng jamoatchilik orasida tezda dolzarb muhokamalarga sabab bo‘lishi hech kimga sir emas. Ayniqsa, bunday axborot uning hayoti yoki salomatligi bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda bu holat yanada ko‘proq fikr almashinishlarga olib keladi. Bunday vaziyat u insonning oilasi, mehnat jamoasi, bilgan yaqinlarida turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shu bois, bunday uydirma xabarlar kim tomonidan tarqatilganini aniqlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas’ul shaxslari tomonidan “Makan.uz” cayti muharriri L.Kallixanova, «kruz.uz» sayti muharriri I.Yusupov, «kar24.uz» sayti muharriri Q.Begniyazovalar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Profilaktik suhbat chog‘ida prokuror yoki ichki ishlar xodimlari tomonidan jurnalistlarga hech qanday bosim yoki tazyiq o‘tkazilmagan.

Hozirgi vaqtda M.Erniyazov shaxsiga taalluqli noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilishi holati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida surishtiruv ishlari olib borilmoqda”,  deyiladi bayonotda. 

 

Kiritildi: 20:03 27.07.2020. O'qildi: 4190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!