Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda yana bir tuman tashkil qilinadi

Qoraqalpog‘istonda yana bir tuman tashkil qilinadi

Xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengashining navbatsiz o‘tkazilgan sessiyasida O‘zbekiston prezidentining shu yil 20−21 avgust kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida belgilab berilgan topshiriqlari asosida Bo‘zotov tumanini qayta tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqildi, deya xabar berdi O‘zA.

Sessiya davomida Bo‘zotov tumanini tashkil qilish va ma’muriyat markazi qilib Bo‘zotov posyolka fuqarolar yig‘inini belgilash, «Qazanketken» mahalla fuqarolar yig‘inini «Bo‘zotov» posyolka fuqarolar yig‘ini etib qayta tuzish va «Qusqanatau», «Aspantay», «Erkindaryo» ovul fuqarolar yig‘ini va «Qazanketken» mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish va aholining turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni belgilash to‘g‘risidai masalalarga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengashining majlisida deputatlar bir ovozdan yangi tuman tashkil qilinishini qo‘llab-quvvatladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Bo‘zotov tumanini tashkil qilish va tuman chegaralarini tasdiqlash bo‘yicha taklif kiritildi.

Chorvachilikka ixtisoslashtirilishi mo‘ljallangan Bo‘zotov tumani ilk bor 1979 yilda tashkil topgan va 1988 yilda faoliyati tugatilib, 1990 yilda yana tuman sifatida tuzilgan. So‘ng 2004 yilda Kegeyli tumani tarkibiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga 20−21 avgust kunlari tashrifi chog‘ida Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berar ekan, shahar va tumanlarni ham ixtisoslashtirishni tavsiya qilgan edi. Jumladan, Qorao‘zak tumani qurilish materiallari, Beruniy, Xo‘jayli, Nukus tumanlari meva-sabzavotchilik, Taxtako‘pir chorvachilik, Shumanay parrandachilik, Ellikqal’a uzumchilik va turizm, Mo‘ynoq baliqchilik va chorvachilik, Kegeyli chorvachilik, qizilmiyani qayta ishlash va qog‘oz sanoati, Qanliko‘l dukkakli ekinlar va sholi yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan bo‘ldi.

 

Qo‘ng‘irot neft-kimyo sanoati va chorvachilikka, Chimboy qizilmiya yetishtirish va qayta ishlashga, To‘rtko‘l shisha, oyna va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, Amudaryo bog‘dorchilik, to‘qimachilik va pillachilikka, Nukus shahri esa farmasevtika va elektrotexnikaga ixtisoslashtirib, Taxiatosh tumani sanoat ishlab chiqarish hududiga aylantiriladi.

Kiritildi: 21:00 25.08.2019. O'qildi: 1449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!