Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Qoraqalpog‘istonda piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

2019 yil 30 iyun kuni soat 05:25larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani Aqmang‘it OFY hududidan o‘tuvchi “Nukus-Aqmang‘it-Kegeyli” yo‘lida haydab ketayotib piyoda, Nukus tumani Ko‘k-tau MFYda yashagan 35 yoshli Jiyenbay Bekmuratovni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

Natijada piyoda Jiyenbay Bekmuratov kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:17 02.07.2019. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!