Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi ikki nafar bolani urib yubordi, ular esa...

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi ikki nafar bolani urib yubordi, ular esa...

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki nafar yosh bola halok bo‘ldi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 13 avgust kuni Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4R 181 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan. “Neksiya-2” mashinasi haydovchisi (1986 y.t.) mast holda, yuqori tezlikda avtomobilni boshqarib ketayotib, ushbu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan velosiped haydovchisini urib yuborgan. Natijada velosipedchi 2009 y.t. R.G. va velosiped yo‘lovchisi 2010 y.t. SH.N.lar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmokda.

Kiritildi: 10:55 16.08.2020. O'qildi: 2964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!