Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda inspektorlarga o‘q uzganlarning 3 nafari ushlandi, qolgani qidirilmoqda (video)

Qoraqalpog‘istonda inspektorlarga o‘q uzganlarning 3 nafari ushlandi, qolgani qidirilmoqda (video)

2019 yil 5 sentyabr kuni soat 06:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari T.Toreniyazov, D.Kallibekov va A.Kalimbetovlar tomonidan Mo‘ynoq tumanidagi “Qazaqdarya” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Akpetkey” ko‘llar tizimida o‘tkazilgan reyd vaqtida, davlat raqami bo‘lmagan “UAZ” rusumli avtomashinada bo‘lgan noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan 5 nafar fuqarolar inspektorlarning qonuniy talabiga bo‘ysinmasdan, voqea joyidan qochib ketishni ko‘zlab, qo‘mita xodimlari boshqaruvidagi davlat raqami 95 Y 469 GA bo‘lgan avtomashina baloniga o‘q otar ov miltig‘i bilan o‘q uzib, voqea joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Mo‘ynoq tuman prokuraturasi tomoindan 2019 yil 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ulardan 3 nafari ushlangan.

Shuningdek, tezkor xodimlar tomonidan qolgan 2 nafar fuqarolar qidirilmoqda. Noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar boshqaruvidagi “UAZ” rusumli avtomashinaning davlat raqami 80 S 401 YEA ekanligi aniqlangan.

Kiritildi: 14:46 07.09.2019. O'qildi: 2149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!