Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda fojia: bir kishi o‘ldi, qolganlar kasalxonada

Qoraqalpog‘istonda fojia: bir kishi o‘ldi, qolganlar kasalxonada

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida joriy yilning 25 iyun kuni Xorazm viloyatida yashovchi 45 yoshli X.M. boshqaruvidagi “LADA-Largus” avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yo‘lida haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Qashqadaryo viloyatida yashovchi 55 yoshli I.K. boshqaruvidagi “Mercedes-benz” yuk avtomashinasining orqa tomoniga urilib, ag‘darilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining yozishicha, “LADA-Largus ” avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi  60 yoshli F.M. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar, shuningdek, yana bir yo‘lovchisi 31 yoshli A.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.     

 

Kiritildi: 13:37 26.06.2019. O'qildi: 1945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!