Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda erkaklar 24 yoshli ayolni kuch ishlatib o‘g‘irlab ketdi. Nega?

Qoraqalpog‘istonda erkaklar 24 yoshli ayolni kuch ishlatib o‘g‘irlab ketdi. Nega?

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 2020 yilning 13 oktyabr kuni soat 20:00 da, 30 yoshli D.E., tanishlari 29 yoshli R.J. va 30 yoshli P.B.,lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 24 yoshli G.S.(ayol)ni uning erkiga xilof ravishda Qonliko‘l tumani Madeniyat MFY Sari-oltin ko‘chasi chorrahasida G.S.,(ayol)ni uyiga qaytayotganligidan foydalanib, uning orqasidan borib unga kuch ishlatib, majburan D.E.,ning nomida bo‘lgan P.B., boshqarib yurgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasiga mindirib, uni Qonliko‘l tumani Bo‘ston OFYda joylashgan uyiga olib borishib, G.S.,ni D.E., bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘irlashgan.

Holat yuzasidan G.S., tuman IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan. Hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi xodimlari chiqib ko‘zdan kechirish va boshqa tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazishgan. D.E.,ning nomida bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtomashina daliliy ashyo tariqasida olinib, tegishli tartibda muhrlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qonliko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib bormoqda.

Kiritildi: 12:04 30.10.2020. O'qildi: 5282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!