Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda 137 ta yangi qush turi aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda 137 ta yangi qush turi aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Qoraqalpog‘istonda qushlarning 137 ta yangi turini aniqladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Biologiya fanlari doktori Sveta Mambetullayevaning ta’kidlashicha, Orolbo‘yi mintaqasida avval uchramagan “begunok”, “sharq klushasi” (vostochnaya klusha), uzun dumli chittak (dlinnaxvostaya sinisa), kichik baliqchi qush (malaya chayka), Katta chittak (bolshaya sinisa), kichik chipor qizilishton (maliy pyostriy dyatel), kul rang kaklik (seraya kuropatka), snegir kabi yangi qush turlari paydo bo‘lgan.

Keyingi paytlarda Qoraqalpog‘iston hududidagi ko‘llarga flamingo qushlari ko‘payish uchun ham kela boshladi. Jumladan, Mo‘ynoq qo‘ltig‘idagi ko‘llar tizimi bo‘lgan Sudochye, Sariqamish, Jaltirbas, Shegeko‘l kabi ko‘llar flamingolarning ko‘payishi uchun nihoyatda qulay joylar hisoblanadi.

Hozirda Qoraqalpog‘iston hududida hisobga olingan 40 ta qush turi O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan.

Yaqin vaqtlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 885 ming gektar maydonga ega bo‘lgan yangi 4 ta – Sudochye ko‘li tizimi (84,7 ming ga.), Aqpetkey (58,8 ming ga.), Beltau (188,3 ming ga.), Mejdurechye Aqdaryo – Qazaqdaryo (22,2 ming ga.) buyurtmaxonalari tashkil qilinishi bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ushbu buyurtmaxonalar bioxilma-xillikning yanada rivojlanishiga keng imkon yaratadi.

Kiritildi: 10:05 10.01.2020. O'qildi: 2679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!