Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qonliko‘lda erkak tanishiga shisha sinig‘i bilan bir necha bor zarba berdi

Qonliko‘lda erkak tanishiga shisha sinig‘i bilan bir necha bor zarba berdi

Qoraqalpog‘iston. 2020 yilning 09 iyun kuni soat 18:30 da Qonliko‘l tumani "Jaңakal’a" ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi 36 yoshli A.T., tanishi 30 yoshli B.D., bilan birgalikda spirtli ichimlik ichib o‘tirgan vaqtida, o‘zaro janjallashib qolib, janjal davomida A.T., mast holatda shu yerda turgan aroq shisha idishini sindirib, ushbu singan idish bo‘lagi bilan B.D., ning qorin qismiga bir necha marotaba urib, unga tan jarohat yetkazgan.

Natijada B.D., tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat Qonliko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:11 14.06.2020. O'qildi: 2334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!