Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda prezident saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi

Qirg‘izistonda prezident saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi

Qirg‘izistonda muddatidan avvalgi prezident saylovi kelasi yil yanvarda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda respublika MSK raisi Nurjan Shayldabekova ma’lum qildi.

 "MSK a’zolari tomonidan muddatidan avvalgi prezident saylovi o‘tkazilish sanasi belgilandi, saylov 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun bo‘yicha muddatidan avvalgi prezident saylovi kelgusi yil 16 yanvarigacha o‘tkazilishi kerak.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov parlamentga takroriy saylovlar 2021 yil martgacha o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov 15 oktyabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste’foga chiqdi.

Prezidentning iste’fosidan keyin, Konstitusiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.

Kiritildi: 16:21 24.10.2020. O'qildi: 2169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!