Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlandi

Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlandi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2025 yil 1 iyuldan boshlab respublika hududiga elektron sigaretalar olib kirish, muomalada bo‘lish va ulardan foydalanish taqiqlangan qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Farg‘ona.

Davlat rahbari saytida e’lon qilingan xabarda ta’kidlanishicha, yangilikdan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning salomatligi va farovonligini nikotinli suyuqlikli elektron sigaretlardan foydalanishdan himoya qilishdir.

Qonunda, shuningdek, mamlakatning Ma’muriy va Jinoyat Kodekslariga o‘zgartirishlar kiritish, taqiqlangan tovarlarni yetkazib berish va sotish uchun jazo choralarini belgilash nazarda tutilgan.

Kiritildi: Bugun 13:20. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!