Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2025 yil 1 iyuldan boshlab respublika hududiga elektron sigaretalar olib kirish, muomalada bo‘lish va ulardan foydalanish taqiqlangan qonunni imzoladi.
Davlat rahbari saytida e’lon qilingan xabarda ta’kidlanishicha, yangilikdan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning salomatligi va farovonligini nikotinli suyuqlikli elektron sigaretlardan foydalanishdan himoya qilishdir.
Qonun shuningdek, mamlakatning Ma’muriy va Jinoyat kodekslariga o‘zgartirishlar kiritish, taqiqlangan tovarlarni yetkazib berish va sotish uchun jazo choralarini belgilashni ham nazarda tutadi.