Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda 8 iyundan masjidlar ochiladi

Qirg‘izistonda 8 iyundan masjidlar ochiladi

Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi kurash doirasida yopilgan diniy muassasalar bir necha kundan keyin ochiladi. 
“8 iyunda diniy muassasalar – masjidlar va cherkovlarga borishga qo‘yilgan taqiq olib tashlanadi. Ushbu qaror Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha respublika tezkor shtabi tomonidan muftiylik va mamlakatning boshqa diniy muassasalari vakillari bilan maslahatlashuvdan so‘ng qabul qilindi”, – deyiladi matbuot xizmati xabarida. Ibodatxonalarda bir qator talablarga rioya etishga to‘g‘ri keladi, jumladan, tana harorati o‘lchanadi, ijtimoiy masofani saqlash va himoya niqobi taqish zarur. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda masjidlar mart oyi oxirida yopilgan edi.  

Ayni damda Qirg‘izistonda 1936 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, 1340 nafar bemor kasallikni yenggan. 22 nafar bemor esa virusdan vafot etdi.

Kiritildi: 10:15 05.06.2020. O'qildi: 1768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!