Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston Pfizer vaksinasidan voz kechadi. Nega?

Qirg‘iziston Pfizer vaksinasidan voz kechadi. Nega?

Qirg‘iziston texnik sabablarga ko‘ra Pfizer kompaniyasi vaksinasidan voz kechadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev ma’lum qildi.

“Bizga -70 gradus haroratda saqlanishi kerak bo‘lgan Amerikaning Pfizer vaksinasi taklif qilindi. Bizga bir milliondan ziyod dozani bepul taqdim etishmoqchi bo‘lishdi. Uni olib kelish, saqlash va aholini emlash uchun bizga maxsus sovutgichlar lozim. Biroq bizda bunday sovutgichlar yo‘q”, - dedi u “Birinchi radio”ga bergan intervyusida.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Pfizer vaksinasini saqlash uchun respublika 2 million dollarga jihoz sotib olishi kerak bo‘lardi.

Beyshenaliyev Qirg‘iziston hozirda Rossiya hukumati bilan mamlakatga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotganini qo‘shimcha qildi. “Sputnik V”ni minus 2 darajadan minus 18 darajagacha bo‘lgan haroratda saqlash mumkin va mamlakat zaruriy jihozlarga ega.

Qirg‘izistonda jami 83 268 kishi koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 79 249 nafari tuzalib ketgan. 1390 bemor koronavirusdan vafot etgan.

Kiritildi: 17:53 19.01.2021. O'qildi: 3230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!