Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qirg‘iziston Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni Toshkentga beradi

Qirg‘iziston Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni Toshkentga beradi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 27 sentyabrdagi qarori bilan Qirg‘iziston hukumati bilan Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni Toshkentga berish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Ro‘yxatga “Markaziy Osiyoning oltin qumlari” (“Zolotie peski Sentralnoy Azii”, sobiq “Bostery”), “Rohat-NBU“ (sobiq “Raxat”), “Dilorom” (sobiq “Enasoy”) hamda qurilishi tugallanmagan “Bo‘ston” pansionatlari kiritilgan.

Hujjatga ko‘ra, ob’ektlarga egalik qilish huquqi O‘zbekistondagi kompaniyalarga uzoq muddatli foydalanish uchun, yer esa ijara asosida beriladi.

⁃ “Oltin qumlar” pansionati “Toshkent mexanika zavodi”ga topshiriladi;
⁃ “Dilorom” pansionati “Asakabank”ka o‘tkaziladi;
⁃ “Rohat” pansionati O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga (O‘zmilliybank) beriladi;
⁃ “Bo‘ston” nomli qurilishi tugallanmagan ob’ekt “O‘zsanoatqurilishbank”ka o‘tkaziladi.

Kiritildi: 13:29 03.10.2024. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!