Bundan buyon Qirg‘iziston chegarasida og‘ir qurollar qolmaydi.
Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Cho‘n-Olay tumanidagi "Qoramiq" chegara postida ma’lum qildi.
Davlat qo‘mitasi rahbari barcha qo‘shni davlatlar bilan chegara masalalariga oydinlik kiritganini ta’kidladi: "Endi bahsli hududlar yo‘q. Qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan paytlar ham bo‘lgan. Qanchadan-qancha qahramonlarimiz – chegaramizni, zaminimizni qo‘riqlagan chegarachilar halok bo‘lgan? Hozir bunday to‘qnashuvlar bo‘lmaydi, degan umiddaman, chunki endi bahsli nuqta yo‘q", - dedi u.
Shu munosabat bilan Tashiyev Qurolli Kuchlarda, jumladan chegarachilar o‘rtasida o‘qotar qurollardan foydalanish qoidalari va ularning soni to‘liq qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
"Chegarachilar bundan buyon og‘ir qurollar va og‘ir texnikalardan foydalanmaydi. Biz qo‘shni davlatlar bilan kelishilgan holda bularning barchasini olib tashlaymiz. Faqat o‘t o‘qotar va yengil qurollar xizmatda qoladi", - dedi u va xizmat soddalashtirilib, yanada soddalashtirilgan rejimga o‘tishini qo‘shimcha qildi.