Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolning Rossiyadagi tug‘ruqxonada ekanligi ma’lum bo‘ldi

Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolning Rossiyadagi tug‘ruqxonada ekanligi ma’lum bo‘ldi

Sankt-Peterburgda qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol tug‘ruqxonada ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli o‘zbekistonlik muhojir Sankt-Peterburgda joylashgan «Maloy Balkanskaya» ko‘chasidagi tug‘ruqxonaga 12 noyabr kuni to‘lg‘oq bilan olib kelingan.

Shifokorlar polisiyaga chet el fuqarosini ro‘yxatdan o‘tkazayotganlari haqida xabar berishdi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, ayol 2018 yil 22 dekabrdan beri O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining so‘roviga binoan qidiruvda bo‘lgan. Ayol katta miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.

Kasalxonada polisiya posti qo‘yildi: ko‘zi yorigach, yosh onani olib ketishadi.

Kiritildi: 16:38 13.11.2019. O'qildi: 2645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!