Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Qasoskorlar” yulduzi yashirincha uchinchi marotaba oila qurdi (foto)

“Qasoskorlar” yulduzi yashirincha uchinchi marotaba oila qurdi (foto)

"Qora beva" filmida asosiy rolni ijro etgan mashhur Gollivud aktrisasi Skarlett Yoxansson taniqli amerikalik komik aktyor Kolin Jostga turmushga chiqdi.

Bu haqda “Meals On Wheels America” Instagram sahifasida xabar berildi.

"Biz Skarlett Yoxansson va Kolin Jostning dam olish kunlari yaqin qarindoshlar va do‘stlar ishtirokidagi marosimda oila qurganliklari haqidagi xabarni e’lon qilishdan mamnunmiz", - deyiladi kompaniya xabarida.

Ta’kidlanishicha, "Meals On Wheels" butun mamlakat bo‘ylab muhtojlarga oziq-ovqat yetkazib beradi.

“Shu sababli, ularning postida tabriklardan tashqari, "Ularning to‘y istagi - @mealsonwheelsamerica’ni qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu qiyin davrda himoyasiz keksa odamlarning ahvolini yaxshilashga yordam berish bo‘ldi", deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Kompaniya, shuningdek, juftlik belgilangan tartibda COVID-19 ehtiyot choralariga rioya qilganligini qo‘shimcha qildi.

Xabarlarga ko‘ra, 35 yoshli Yoxansson va 38 yoshli Jost 2017 yilda uchrashishni boshlashgan, 2019 yil may oyida esa unashtirilishgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu aktrisaning uchinchi nikohi. Birinchisi, aktyor Rayan Reynolds (hozirda u Bleyk Layvli bilan turmush qurgan) bilan 2008 yildan 2011 yilgacha, ikkinchisi fransuz jurnalisti Romen Dauriak bilan 2014 yildan 2017 yilgacha davom etgan. Aktrisa ikkinchi nikohida qiz farzandini dunyoga keltirgan.

Jost uchun esa bu birinchi nikoh.

“Qasoskorlar” yulduzi yashirincha uchinchi marotaba oila qurdi (foto)

Kiritildi: 20:13 30.10.2020. O'qildi: 3690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!