Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qasim-Jomart Toqayevga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan shaxs aniqlandi

Qasim-Jomart Toqayevga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan shaxs aniqlandi

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi Prezident Qasim-Jomart Toqayevga suiqasd uyushtirishda gumon qilinib, qo‘lga olingan kimsaning shaxsini oshkor qildi.

Bu haqda “Anadolu” agentligi ma’lum qildi. 3 aprel kuni Qozog‘iston kontrrazvedkasi Qasim-Jomart Toqayevga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan xorijiy razvedka agenti va bir qator yuqori martabali davlat xizmatchilarini qo‘lga oldi. Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi maxsus xizmatlar va huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi terrorchilik harakatlari sodir etishni ham rejalashtirgan.

Hozirda milliy xavfsizlik qo‘mitasi Atiqayev Ayanga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi jinoyat kodeksining 24-moddasi 1-qismi va 255-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha jinoiy ish bo‘yicha tergov olib bormoqda. Shuningdek, departamentning ta’kidlashicha, tergov manfaatlariga mos keladigan boshqa ma’lumotlar oshkor etilishi mumkin emas.

Kiritildi: 22:24 09.08.2022. O'qildi: 4682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!